Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

“Issiqlikta’minoti” AJ va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda, amaldagi Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi (269 mln AQSH dollari) bo‘yicha 2026 yilning yakuniga qadar qarz bitimini imzolashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, 2027-2028 yillarda respublika issiqlik ta’minoti tizimini to‘liq raqamlashtirishga doir tashabbus hamkorlik loyihalari portfeliga qo‘shildi.

Shuningdek, soha xodimlarning malakasini oshirish, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida markazlashgan issiqlik tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ham ish olib boriladigan bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …