Yangilik ·
Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi
Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning Qozonxonalar filialiga qarashli hududda o‘tkazilgan tadbirda jamiyat direktori Anvar Bo‘riyev boshchiligida barcha xodimlar faol ishtirok etdi.
Ezgu tashabbus doirasida hududning tabiiy-iqlim sharoitiga mos 1000 tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi. Bu esa yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda hudud obodligini ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.
Ahamiyatlisi, tadbir nafaqat ko‘kalamzorlashtirish ishlari, balki jamoada birdamlik, hamjihatlik va ekologik mas’uliyat madaniyatini mustahkamlashga ham xizmat qildi.