Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha maslahat missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Buxoro viloyati issiqlik ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasining joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi bosqich vazifalari muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor loyihalarning konseptual va tender hujjatlarini tayyorlash, xalqaro tanlov jarayonlarini tashkil etish hamda moliyaviy-tarif modelini shakllantirish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, hududlarda zamonaviy va energiya tejamkor issiqlik ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda xususiy sektor investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …

Navoiyda tezkorlik va hamkorlik sinovdan o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik ta’minotini ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga shaylikni oshirish — ustuvor vazifalardan biri. Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJning …