Yangilik ·
Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va muqobil energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyasi vakillari bilan "Issiqlikta’minoti" AJ tizimida davlat-xususiy sheriklik, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va "tayyor holda topshirish" (EPC) tamoyili asosida hamkorlik qilish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gaz o‘rniga muqobil energiya manbalaridan foydalanish, xususan, elektr qozonlar, issiqlik nasoslari va ko‘mir texnologiyalarini qo‘llash takliflari taqdim qilindi.