Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Navoiyda tezkorlik va hamkorlik sinovdan o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik ta’minotini ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga shaylikni oshirish — ustuvor vazifalardan biri. Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJning Zarafshon filialida hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish, avariya oqibatlarini bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda aholi hayoti va mol-mulkini muhofaza qilish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, avariya-tiklash brigadalarining tezkorligi, maxsus texnikalarning shayligi va mas’ul xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari baholandi.

Mazkur mashg‘ulot favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni mustahkamlash, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …