Quyidagilar boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari hisoblanadi:
3.1. Jamiyat markaziy apparati, hududiy issiqlik ta’minoti korxonalarida ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga oid ishlarni olib borish;
3.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori talablariga rioya etilishini ta’minlash.
3.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazir Virtual qabulxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi virtual qabulxonasi, edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimidan yuborilgan murojaatlarning javoblarini tahlil qilish, Murojaatlarga berilgan javoblarni qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish;
3.4. Jamiyat markaziy apparati boʻlinmalari, hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan murojaatlarga berilgan javob xatlarini har tomonlama, to‘liq, sifatli, xolisona hamda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;
3.5. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, umumlashtirish, tezkor yigʻilishlarda muhokama qilib borish;
3.6. Markazlashgan tarzda jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlaydigan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish;
3.7. Jamiyat rahbariyati va boʻlim boshliqlarining fuqarolarning murojaatlari yuzasidan rahbariyat qabuli va sayyor qabullarni imo-ishora koʻnikmalariga ega boʻlgan xodimning ishtirokini taʼminlagan holda oʻtkazilishini rejalashtirish va tashkillashtirish;
3.8. Jamiyat markaziy apparati va tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish hamda murojaatlar boʻyicha muammolar yuzaga kelgan holda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
3.9. Boʻlimning ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Jamiyat raisiga kiritish;
3.10. Boʻlim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, boʻlim faoliyatiga oid muhim masalalar haqida Jamiyat raisiga muntazam ravishda axborot berish;
3.11. Boʻlim xodimining ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishlarini nazorat qilish;
3.12. Jamiyatning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan axborotlarni maxfiyligini taʼminlash;
3.13. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilishini doimiy nazorat qilish va uning monitoringini olib borish, ularning oʻz vaqtida va zarur tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
3.14. Ushbu lavozim yoʻriqnomasi talablariga hamda ichki mehnat tartibi qoidalari, Jamiyatning odob-axloq qoidalari va boshqa idoraviy hujjatlarning normalariga rioya qilish;
3.15. Issiqlik ta’minoti sohasida davlat siyosatini olib borilishida ishtirok etish;
3.16. Muntazam ravishda oʻz ustida ishlash va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarini har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish, jamoada sogʻlom psixologik muhitni yaratishda ishtirok etish, korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol koʻmaklashish, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy boʻlinmalar tomonidan buzilish holatlari toʻgʻrisida Jamiyat rahbariyatini xabardor qilish.
3.17. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Boʻlim boshligʻiga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
3.18. Boʻlim boshligʻi murojaatlar bilan ishlash boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshirishda iltifotli, qatʼiyatli, eʼtiborli boʻlishi kerak, murojaat qiluvchilarga nisbatan xushmuomalali va eʼtiborli, shaxsning shaʼnini kamsitmasligi, unga nisbatan mehribon boʻlishi kerak.
3.19. Boʻlim boshligʻi oʻz xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tashqi koʻrinishi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning jamiyatga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishiga koʻmaklashishi, umumiy qabul qilingan ish tartibiga rioya etishi vazmin va intizomli boʻlishi kerak.