Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Navoiy shahrida issiqlik taʼminoti tizimida olib borilgan taʼmirlash ishlari yakunlangach ayrim hududlarda kuzatilgan nosozliklar mutaxassislar tomonidan qisqa fursatda bartaraf etildi

Navoiy viloyati “Issiqlik taʼminoti” MCHJning malakali avariya-taʼmirlash brigadalari tomonidan yuzaga kelgan holatlar joyiga chiqib o‘rganildi, muammolarning kelib chiqish sabablari aniqlanib, zarur tiklash ishlari tezkorlik bilan amalga oshirildi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida issiqlik tarmoqlarining barqaror ishlashi to‘liq tiklanib, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda tizim doimiy nazorat ostiga olinib, isteʼmolchilarga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …