Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Opa-singillar – bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bugungi kunda “Issiqliktaʼminoti” AJ va tizim tashkilotlarida ko‘plab ayollar erkaklar bilan bir qatorda aholimizga xizmat qilib kelishmoqda.

Jamiyatimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev xizmat safaridaligi bois ayollarimizni video orqali tabrikladi. Xususan, xotin-qizlarimiz Vatanimiz taraqqiyotida muhim o‘rin va mavqega ega ekanliklarini alohida qayd etdi.

Bayram munosabati bilan jamoamizning barcha ayollariga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy totuvlik va ish faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolindi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …