Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Hududlarda aholi uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
Yangilik 05.03.2026

Hududlarda aholi uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatining Olmaliq va Chirchiq shaharlari hamda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Chirchiq shahridagi “Yoshlik” mahalla binosida tashkil etilgan sayyor qabulda mahalliy deputat O. Muqimov ham ishtirok etdi.

Sayyor qabullarning asosiy maqsadi hududlarda issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi murojaatlarini o‘rganish, kelib tushgan murojaatlarga yechim topish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda hisob-kitoblar va qarzdorlik masalalari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan sohani yanada rivojlantirishga doir qator takliflar ham bildirildi. Mazkur takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, ular asosida tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.

Hududlarda o‘tkazilgan qabullar davomida bildirilgan barcha taklif va murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul bo‘limlarga zarur topshiriqlar berildi. Ushbu tadbir aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini tezkor hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Nukusda kogeneratsiya loyihasi muhokama qilindi

05.08.2026

Nukusda kogeneratsiya loyihasi muhokama qilindi

Batafsil
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi issiqlik ta’minoti loyihalari yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazdi

Samarqand shahrida Janubiy Koreyaning "KDHC" kompaniyasi va "Issiqlik ta’minoti ilmiy markazi" MCHJ hamkorligida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda hududiy korxonalar mutaxassislari uchun texnik seminar tashkil etildi

30.07.2026