Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Koreya tomoni 2 mln dollargacha sarmoya kiritmoqchi
Yangilik 04.03.2026

Koreya tomoni 2 mln dollargacha sarmoya kiritmoqchi

Janubiy Koreyaning “HSCMT” – yaʼni, aqlli o‘lchash uskunalari ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyasi mutaxassislari Olmaliq va Angren shaharlarida markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimi holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

Joylarda tarmoqlar holati, issiqlik yo‘qotishlari, mavjud boshqaruv va monitoring jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan integratsiyalashgan monitoring va boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha taklif etildi. Loyiha doirasida:

• issiqlik yo‘qotishlarini aniqlash va qisqartirish;

• real vaqt rejimida nazoratni yo‘lga qo‘yish;

• avariyalarning oldini olish;

• energiya samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Pilot loyiha 3–4 ta hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, zamonaviy hisoblagich va raqamli monitoring uskunalarini joriy etish nazarda tutilgan.

Loyihaning umumiy investitsiya hajmi 2 mln AQSH dollariga teng.

“Issiqliktaʼminoti” AJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘rganish ishlari yakunlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Korrupsiyaga qarshi kurash, ijro intizomi va moliyaviy barqarorlik: “Issiqlikta’minoti“ AJda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

05.06.2026

Korrupsiyaga qarshi kurash, ijro intizomi va moliyaviy barqarorlik: “Issiqlikta’minoti“ AJda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Farg‘onada masalalar "xonadon"bay o‘rganilmoqda

02.06.2026

Farg‘onada masalalar "xonadon"bay o‘rganilmoqda

Batafsil
Buxoroda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda trigeneratsiya texnologiyasi asosida yangi loyiha amalga oshirilmoqda

01.06.2026

Buxoroda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda trigeneratsiya texnologiyasi asosida yangi loyiha amalga oshirilmoqda

Batafsil