Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Samarqand viloyati "Issiqlik taʼminoti" MCHJ rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Samarqand viloyati "Issiqlik taʼminoti" MCHJ rahbariyati boshchiligida Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida aholi vakillari issiqlik taʼminoti bo‘yicha turli muammolar va takliflar bilan murojaat qilishdi. Mazkur murojaatlar har biri alohida o‘rganib chiqildi hamda ularga batafsil javob berildi.

Qabul davomida berilgan barcha takliflar va murojaatlar ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar va bo‘limlarga topshiriqlar berib borildi. Bu tadbir aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini tezkor hal etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Aholi vakillarining fikr-mulohazalari asosida olib borilgan ishlar natijasida mazkur hududda issiqlik taʼminotidagi kamchiliklarning bartaraf etilishi taʼminlanadi.

Barcha masalalar ijobiy yechim topishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …