Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev  Belarus Respublikasining “GSKB YevroAziyens” va «Chandra» kompaniyalari rahbariyatini qabul qildi
Yangilik 18.02.2026

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Belarus Respublikasining “GSKB YevroAziyens” va «Chandra» kompaniyalari rahbariyatini qabul qildi

“GSKB” markazlashgan issiqlik ta’minoti, sanoat energetikasi va chiqindilarni qayta ishlash sohalarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan gazsimon, suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan qozonlarni ishlab chiqaradi.

Uchrashuvda, mehmonlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Ta’kidlanganidek, kompaniya qattiq yoqilg‘i asosida ishlovchi piroliz qozonlarini ham ishlab chiqaradi.

Tomonlar O‘zbekistonda avtoshinalarni piroliz usulida qayta ishlash orqali issiqlik energiyasi olish sohasida hamkorlik qilish masalasini ko‘rib chiqishdi.

Ta’kidlanganidek, ishlatilgan avtoshinalar havosiz germetik muhitda qayta ishlanib, bir qator foydali mahsulotlar olinadi. Jumladan, piroliz jarayoni natijasida 30-65% gacha suyuq yoqilg‘i, 25-45% uglerodli qoldiq, 10-15% metallokord hamda 5-20% piroliz gazi hosil bo‘ladi. Olingan piroliz gazi qurilmaning o‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

Iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, piroliz yoqilg‘isidan foydalanish ko‘mir asosida ishlovchi qozonxonalarga nisbatan yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Uchrashuvda, aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil