Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Issiqlik ta’minotida nazorat kuchaytiriladi
Yangilik 03.02.2026

Issiqlik ta’minotida nazorat kuchaytiriladi

“Issiqlikta’minoti” AJ va tizim korxonalarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mana shunday uchrashuvlar “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisining Rejim va maxsus ishlar bo‘yicha maslahatchisi Gʻ.Nazarov tomonidan Farg‘ona viloyati "Issiqlik ta’minoti" MCHJ hamda “Qirguli issiqlik ta’minoti” MCHJda o‘tkazildi.

Unda korrupsiyaga yetaklovchi omil va shart-sharoitlarga alohida to‘xtalindi. Xususan, issiq suv hisoblagichlarni almashtirish, issiq suv va issiqlik energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq holatlarda ayrim xodimlar tomonidan tamagirlik va firibgarlik yo‘li bilan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlagan holda pul mablag‘larini olish yoki hisoblagich ko‘rsatkichlariga fuqaro bilan til biriktirgan holda o‘zgartirish kiritish holatlari uchrayotgani qayd etildi.

Shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Gʻ.Nazarov 2025 yil davomida “Issiqlikta’minoti” AJning hududiy korxonalarida sodir bo‘lgan ayrim qonunbuzilish holatlarini misollar orqali keltirib o‘tdi. Har qanday qonunbuzarlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, tamagirlik va til biriktirish holatlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi, aybdor shaxslar muqarrar ravishda javobgarlikka tortilishi ta’kidlandi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil