Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Issiqlik korxonalari rahbarlariga mas’uliyatni yanada oshirish uqtirildi
Yangilik 16.01.2026

Issiqlik korxonalari rahbarlariga mas’uliyatni yanada oshirish uqtirildi

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy korxonalar rahbarlari va xodimlar uchun onlayn yig‘ilish o‘tkazdi.

Asosiy e’tibor, aholini uzluksiz va sifatli markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasiga qaratildi.
Yig‘ilishda issiqlik mavsumi davomida yuzaga kelayotgan muammolar, avariya holatlarning oldini olish, ta’minot tizimlarini o‘z vaqtida va sifatli texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda profilaktik ta’mirlash ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish, quvurlar va uskunalarning texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarga tezkor va sifatli javob qaytarish, joylarda mas’ul shaxslarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish vazifalari belgilab berildi.

Qo‘shimcha qilish lozim, “Issiqlikta’minoti” AJda markaziy dispetcherlik xizmati tashkil qilingan bo‘lib, shu yerning o‘zidan hududiy dispetcherlik xizmatlari onlayn nazorat qilib boriladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Nukusda kogeneratsiya loyihasi muhokama qilindi

05.08.2026

Nukusda kogeneratsiya loyihasi muhokama qilindi

Batafsil
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi issiqlik ta’minoti loyihalari yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazdi

Samarqand shahrida Janubiy Koreyaning "KDHC" kompaniyasi va "Issiqlik ta’minoti ilmiy markazi" MCHJ hamkorligida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda hududiy korxonalar mutaxassislari uchun texnik seminar tashkil etildi

30.07.2026