Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Bir necha yil oldin uyim kompyuterlar issiqligi bilan isitilishini tasavvur ham qila olmasdim”
Yangilik 21.01.2026

“Bir necha yil oldin uyim kompyuterlar issiqligi bilan isitilishini tasavvur ham qila olmasdim”

Yevropaning shimolida joylashgan Finlandiyaning Myan-Selya shahrida qish qariyb olti oy davom etadi. Bu yerdagi uylardan biri — kichik biznes sohibi Arina Tuining xonadoni — an’anaviy usulda emas, balki internet orqali isitiladi. Aniqrog‘i, uning uyi “Yandex” data-markazi serverlaridan ajraladigan issiqlik hisobiga isitilmoqda.
Ilg‘or muhandislik yechimlari va zamonaviy texnologiyalar tufayli serverlardan ajralib chiqadigan issiqlik bekor ketmaydi. U shahar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilib, aholini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlaydi. “Yandex” iste’mol qilgan energiyaning 35 foizgacha bo‘lgan qismini shahar issiqlik tarmog‘iga qaytaradi.
Loyiha mahalliy hokimiyat va energetika kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Bunday tizimni joriy etish uchun markazlashgan shahar issiqlik tarmog‘i zarur. Ayni paytda serverlar issiqligi Myan-Selya shahrida munisipal tarmoqqa ulangan 1000 ga yaqin uyni isitmoqda.
— “Shahar hokimiyati hisob-kitoblariga ko‘ra, suvni shahar issiqlik ta’minoti tizimiga uzatish mumkin bo‘lgan haroratgacha qizdirish yangi tumanlar uchun qo‘shimcha gaz qozonxonasi qurishga nisbatan ancha arzonroq bo‘lgan. Serverlar issiqligidan suvni dastlabki qizdirish uchun foydalanish natijasida shahar aholisining issiqlik energiyasi uchun xarajatlari 5 foizga kamaydi.
Shuningdek, qo‘shimcha qozonxona qurishdan voz kechilishi va rekuperatsiya tizimining ekologik tozaligi hisobiga atmosferaga chiqariladigan uglekislыy gaz hajmi 40 foizga qisqardi. Bu Myan-Selya shahri ekologiyasi uchun juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, uning aholisi buni yuksak qadrlaydi.”
Tui Tarinaning uyi — Myan-Selya shahrida serverlar orqali qizdiriladigan uylardan biri. Toza havosi va tabiatga ehtiyotkor munosabati bilan ajralib turadigan Finlyandiya uchun bunday ekologik yondashuv alohida ahamiyatga ega. Issiqlik ishlab chiqarish jarayonida atmosfera ifloslanmaydi.
— “Men “Yandex” data-markazi shahar uchun suvni isitayotganini bilaman. Bu juda hayratlanarli. 5 yoki 7 yil oldin uyim bir necha kilometr uzoqlikda ishlayotgan kompyuterlar hisobiga isitilishi va krandan ular isitgan suv oqib chiqishini tasavvur ham qila olmasdim”, — deydi Tui Tarina.
Data-markazning yangi bloklari qurilishi davom etar ekan, shaharga uzatiladigan issiqlik hajmi ham ortib boradi.
— “Myan-Selya aholisi o‘z shaharlari haqida so‘z yuritganda, eng ko‘p tilga olinadigan jihatlardan biri aynan shu yerda joylashgan “Yandex” data-markazidir. Kompaniya o‘z loyihasi uchun aynan Myan-Selya shahrini tanlagani shahar aholisiga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.”

Keyingi safar: Daniya — Meta DC, Niderlandiya — Microsoft DC, Shvesiya — Stockholm Data Parks data markazlari orqali ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasi haqida ma’lumot beramiz.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

17.04.2026

Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

Batafsil
Matbuot anjumani ma’lumotlari

15.04.2026

Matbuot anjumani ma’lumotlari

Batafsil
2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

15.04.2026

2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

Batafsil