Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

“Issiqliktaʼminoti” AJ Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik qiladi

Bugun ikkala tashkilot o‘rtasida Farg‘ona viloyatining “Qirguli massivida tuman issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi.

Hamkorlikdagi loyiha 2027-2029 yillarda 76 km issiqlik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va 380 ta individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati 39,9 million AQSH dollarini tashkil etadi. U amalga oshirilgandan so‘ng 317 ta ko‘p qavatli uy yoki 16 617 xonadon va 41 ta ijtimoiy soha obyekti markazlashgan issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.

Shu kabi loyihalarni Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirish Prezidentimizning 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida ham keltirib o‘tilgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …