Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Jahon bankining Markazlashgan issiqlik ta’minoti samaradorligi loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu missiya Andijon, Buxoro, Samarqand hamda Chirchiq shaharlarida bo‘lib, Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar holatini o‘rganib chiqdi.

Bank vakillari, mahalliy hokimiyat, issiqlik ta’minoti mutaxassislari hamda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, loyihani 2025 yil oxiriga qadar yakunlash bo‘yicha vazifalarni belgilab oldi.

140 mln dollarlik loyiha issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 2025 yilning 9 oyida 2 ta qozonxona rekonstruksiya qilinib, 29 km issiqlik tarmog‘i tortilgan. 192 ta ko‘p qavatli uyning ichki tizimlari tiklangan.

Yil yakuniga qadar 20 MVt yangi qozon o‘rnatish, 34,8 km tarmoq almashtirish, 25 ta IIP o‘rnatish va 428 ta ko‘p qavatli uyning ichki tizimlarini tiklash rejalashtirilgan.

Loyihalarning to‘liq yakuni bilan 100 mingdan ortiq xonadon markazlashgan issiqlik energiyasi bilan sifatli ta’minlanadi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …