Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Jizzax shahridagi RK-1 qozonxonasiga kogeneratsiya texnologiyalarini joriy qilish, hududdagi ko‘p qavatli uylarga issiqlik tarmog‘ini tortish hamda IIPni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qaroriga asosan Jizzax shahridagi RK-1 qozonxonasiga kogeneratsiya texnologiyalarini joriy qilish, hududdagi ko‘p qavatli uylarga issiqlik tarmog‘ini tortish hamda IIPni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.

Loyiha bo‘yicha jami 6,2 kilometr markaziy quvurlar tortilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 1 kilometri yakuniga yetdi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ko‘p qavatli uylarning ichki tizimlari, yerto‘ladagi yotiq va tik quvurlar montaj qilinib, IIP uchun xonalar tayyorlanmoqda.

2025-2026 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha natijasida Jizzax shahardagi 78 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …