Yangilik ·
Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Chirchiq shahrida aholiga issiqlik energiyasining yetkazib berilishi holatini o‘rgandi.
Bugungi kunda shaharda 1000 ga yaqin ko‘p kvartirali uy-joylar mavjud bo‘lib, ulardan 614 tasi 20 ga yaqin qozonxona orqali markazlashgan, xavfsiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Xususan, Boshqaruv raisi Chirchiq shahridagi “Yubileyniy” (RK-1) qozonxonasi, bolalar kasalxonasi, 8-kichik nohiya qozonxonasi hamda tug‘uruqxona hududidagi qozonxonalarda bo‘ldi.
Aholini kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, energosamaradorlikka e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.