Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Quruvchilar — bayramingiz muborak bo‘lsin!

Har yili mamlakatimizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Bugun poytaxtimizda ushbu soha vakillari ishtirokida katta bayram shodiyonasi tashkil qilindi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soha fidoiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda qayd etilganidek, qurilish sohasi mamlakat iqtisodiyotining drayveriga aylangan. Qurilish ishlari hajmi 2016 yildagi 30 trln so‘mdan 2024 yil yakuni bilan qariyb 234 trln so‘mga yetgan.

Aytish kerakki, mamlakatimizda markazlashgan issiqlik taʼminotini yaxshilash bo‘yicha ham juda katta loyihalar amalga oshayapti. Joylarda qurilish-bunyodkorlik ishlari keng quloq yoygan, zamonaviy qozonxonalar bunyod etilib, magistral quvurlar yangilanmoqda. Prezidentimiz qarori bilan tizim oldiga juda katta vazifalar qo‘yildi. Xususan, 2030 yilga borib markazlashgan issiqlik bilan qamrab olish ko‘rsatkichini hozirgi 37% dan 58% olib chiqish rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …