Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Samarqand shahrida fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi

Qabul davomida fuqarolar tomonidan 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularda asosan hududdagi issiqlik ta’minotining ichki tizimlarida olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Murojaatlarni o‘rganish va hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Ilhom To‘rayev Samarqand shahridagi RK-1 qozonxonasi faoliyati bilan tanishib, uning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Jarayonda qozonxona uskunalarining holati va mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Qish mavsumini barqaror va uzluksiz o‘tkazish, issiqlik ta’minoti sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …