Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Navoiy shahrida issiqlik tarmoqlarini yangilashning yakuniy bosqichi

Navoiy shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, issiqlik ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Ayni kunlarda Navoiy ko‘chasida jami 1 982 metr zamonaviy PPU quvurlarini o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichga yetdi. Jumladan, 396 metr diametri 530 mm hamda 1 586 metr diametri 377 mm bo‘lgan issiqlik quvurlari yangilanmoqda.

Mazkur ishlar jarayonini mas’ul mutasaddilar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishib, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratdi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …