Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Issiqliktaʼminoti” AJ va hududiy tashkilotlar tomonidan issiqlik taʼminoti tizimini 2025-2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash
Yangilik 08.08.2025

“Issiqliktaʼminoti” AJ va hududiy tashkilotlar tomonidan issiqlik taʼminoti tizimini 2025-2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash

“Issiqliktaʼminoti” AJ va hududiy tashkilotlar tomonidan issiqlik taʼminoti tizimini 2025-2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida 53 ta qozon va 93,3 km issiqlik tarmoqlarini mukammal, 598 ta qozon va 519,1 km issiqlik tarmoqlarini joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 21 ta (40 %) qozon va 70 km (75 %) issiqlik tarmoqlarini mukammal hamda 484 ta (81 %) qozon va 380 km (73 %) issiqlik tarmoqlarini joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik quvurlari, qozon va qozon yordamchi uskunalarida yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida 8,4 km issiqlik tarmoqlari, 411 ta zadvijka, 3 379 kg elektrod va 35 ta dizel generator zaxirasi yaratildi.

Mavsum davomida havo haroratining keskin pasayish holatlari kuzatilganda isteʼmolchilarga belgilangan parametrda issiqlik energiyasi yetkazib berish maqsadida 26 ming 500 tonna mazut (Toshkent issiqlik markazida – 26 ming va Samarqand viloyati Nurobod shaharchasida – 550 tonna) hamda 16 ming 200 tonna ko‘mir (Andijon -8 000, Farg‘ona – 7 500 va Jizzax viloyatida – 700 tonna) zaxira yaratilmdi. Bundan tashqari, qozonxonalarda ishchi holatdagi zaxira qozonlar ham soz holatga keltirilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil