Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

«Issiqlikta’minoti» AJ hamda Belarus Respublikasining «GSKB» OAJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangilik 28.09.2026

«Issiqlikta’minoti» AJ hamda Belarus Respublikasining «GSKB» OAJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Issiqlikta’minoti» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Belarus Respublikasining 50-yildan ortiq tajribaga ega, issiqlik energetikasi sohasidagi eng yirik va yetakchi korxonalaridan biri – «GSKB» OAJ (Golovnoye spetsializirovannoye konstruktorskoye byuro) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmonlar Belarus kompaniyasining ko‘p yillik tajribasi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamon talablariga mos issiqlik va qozonxona uskunalari hamda ko‘rsatilayotgan muhandislik-texnik xizmatlar taqdimotini o‘tkazdilar.

Ushbu kompaniya nafaqat issiqlik ta’minotiga doir uskunalar ishlab chiqarish, balki loyihalashdan tortib qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda kafolatli servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ham boy tajribaga ega.

Uchrashuv yakunida Jamiyat boshqaruvi raisi sohada energiya samaradorligini oshirish, resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda mavjud issiqlik infratuzilmasini modernizatsiya qilishda xorijiy tajriba va innovatsion yechimlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Bugun «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

28.09.2026

Bugun «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Batafsil
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil