Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi
Bugun Namanganda «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev ishtirokida aholi murojaatlarini eshitish va mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan qabul bo‘lib o‘tdi.
15 naqar fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Xususan, 6 ta murojaat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ijroga yo‘naltirildi. 1 ta murojaat bo‘yicha joyida tushuntirish berildi. Qolgan barcha murojaatlar mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
Asosan, issiqlik ta’minoti bo‘yicha debitor qarzdorlik, to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish va tizimdagi texnik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlar tashkil qildi.