Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Jizzax shahrida kogeneratsiya texnologiyasi asosida ishlovchi RK-1 qozonxonasi qurilish ishlari davom etmoqda

Jizzax shahrida kogeneratsiya texnologiyasi asosida ishlovchi yangi RK-1 qozonxonasi qurilish ishlari davom etmoqda. “Issiqlikta’minoti” AJ boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek O‘ktamov qurilish jarayonin o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirdi.

Loyiha doirasida yangi issiqlik tarmoqlarini qurish, shuningdek, ko‘p qavatli uylarga individual issiqlik punktlari (IIP) o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

RK-1 qozonxonasining quvvati 25 MVtni tashkil etadi.

Mazkur qozonxona orqali 78 ta ko‘p qavatli uy va 10 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

📌 Loyiha doirasida:

🔵12,7 km issiqlik tarmog‘i tortildi;

🔵57 ta individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatildi;

🔵 4 ta markaziy issiqlik punkti o‘rnatildi;

🔵 53 ta uyda ichki tizim bo‘yicha ishlar yakunlandi.

Ayni paytda qozonxona hududida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …