Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik: Qashqadaryo viloyati misolida
Issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar qizg‘in davom etmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati "Issiqlik ta’minoti" MCHJ tomonidan aholi xonadonlariga issiqlikni uzluksiz yetkazib berish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonlarning borishini “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Qashqadaryoga qilgan xizmat safari mobaynida bevosita o‘rgandi.
Hududda, mavsumga tayyorgarlik doirasida umumiy qiymati 3 mlrd 770 mln so‘mlik moliyalashtirish ishlari to‘liq ta’minlangan. Buning evaziga 117 ta ko‘p qavatli uy va 4 998 ta xonadonning issiqlik ta’minoti sifati yaxshilanishi rejalashtirilgan.
Hozirga qadar rejadagi 400 metr issiqlik tarmog‘i hamda 1 dona qozonni joriy ta’mirlash ishlari 100 foizga bajarildi. Shuningdek, 2,20 km issiqlik tarmog‘i va 3 dona qozonni mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich yakunlanib, mavsum boshlanishiga qadar to‘liq topshirilishi ma’lum qilindi.
Ushbu tasvirlar shahardagi RK-3 hamda RK-4 qozonxonalarini o‘rganish vaqtida olingan.