Olmaliq shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, isitish infratuzilmasini modernizatsiya qilish va aholiga sifatli issiqlik ta’minoti yetkazib berish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori Ziyoviddin Badriddinov, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev va boshqa mas’ullar ishtirokida shaharning isitish infratuzilmasi, mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uy-joylarning ichki isitish tizimlarini rekonstruksiya va ta’mirlash, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini mavsumga tayyorlash, issiqlik tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayonda isitish tizimini tubdan modernizatsiya qilish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va aholi xonadonlarini sifatli, barqaror hamda uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.