Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Issiqlik tizimlariga Koreya texnologiyasi o‘rnatilmoqda

Angren shahridagi 6-son markaziy isitish shahobchasida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda Koreya Respublikasining "HSCMT CO. LTD." kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida modernizatsiya va texnik yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shahobchaning mavjud uskunalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zamonaviy elektr boshqaruv va avtomatlashgan tizimlar o‘rnatildi. Issiqlik tarmoqlaridagi quvur va jihozlarni ta’mirlash, payvandlash hamda montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlardan asosiy maqsad issiqlik ta’minoti tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarga sifatli va barqaror issiqlik energiyasi yetkazib berishni ta’minlashdan iborat.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …