Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Chirchiqda sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda
Yangilik 17.07.2026

Chirchiqda sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, Chirchiq shahar “Amir Temur” MFY hududida joylashgan “Xalq qabulxonasi” binosida “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Sayyor qabulda jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirok etmoqda. Tadbir davomida aholi va markazlashgan issiqlik ta’minoti iste’molchilarining murojaatlari qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilmoqda.

Qabul jarayonida issiqlik ta’minoti sohasiga oid muammolar, takliflar hamda savollar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar ishtirokida tegishli choralar belgilanmoqda. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tezkor yechimlar ishlab chiqilmoqda, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinmoqda.

“Issiqlikta’minoti” AJ tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda sohadagi xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida sayyor qabullar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil