Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Nukusda kogeneratsiya loyihasi muhokama qilindi

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Timur Yusupov hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi direktori Berdax Jumamuratov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Nukus shahrida zamonaviy kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish, xususan, issiqlik va elektr energiyasini bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish loyihasini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar loyiha doirasida amalga oshiiriladigan qurilish-montaj ishlari, uskunalarni yetkazib berish grafigi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish bosqichlarini ko‘rib chiqdilar. Loyihaning ishga tushirlishi Nukus shahri aholisini barqaror issiqlik ta’minoti va qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslarini tejashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar rejasi kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …