Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Samarqand shahrida Janubiy Koreyaning "KDHC" kompaniyasi va "Issiqlik ta’minoti ilmiy markazi" MCHJ hamkorligida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda hududiy korxonalar mutaxassislari uchun texnik seminar tashkil etildi

Unda respublika bo‘ylab 40 ga yaqin muhandis va mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminarda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, qozonxonalarni avtomatlashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, amaliy keyslar tahlil qilinib, ishtirokchilar xalqaro ekspertlardan zarur tavsiya va tushuntirishlar oldilar.

Tadbir yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Seminar soha mutaxassislarining malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …