Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha “Issiqlik ta’minoti” AJda hududiy korxonalar ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilish davomida ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi hajmlari, asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar, iste’molchilar bilan hisob-kitoblar holati, debitor va kreditor qarzdorlik, ta’mirlash dasturlarining bajarilishi hamda korxonalar faoliyatining boshqa muhim yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hisobotlarda mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Ikkinchi yarim yillikda tizim samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida hududiy korxonalar rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …