Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

IIPni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv seminari yakunlandi

“Issiqlik ta’minoti” AJ tarkibidagi hududiy korxonalarning bosh muhandislari hamda hududlarda biriktirilgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan IIPni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv seminari yakunlandi.

Individual issiqlik punktlari (IIP) tashqi havo haroratiga mos ravishda issiqlik ta’minotini avtomatik boshqarish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda iste’molchilar uchun qulay harorat rejimini ta’minlash imkonini beradi.

Seminarning ikkinchi kunida “Texnopark” MCHJ mutaxassislari tomonidan IIP uskunalarini ishga tushirish, sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarning mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, ishtirokchilar va mutaxassislar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, amaliy faoliyatda uchrayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …