Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Buxoroda soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda

Tizimda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviy muhit va o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyatida sport tadbiri tashkil etildi.

Xususan, “Buxoro viloyati Issiqlik ta’minoti” MCHJ hamda “Buxoroenergomarkaz” AJ xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi tashkil qilindi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda har ikki jamoa a’zolari yuqori sport mahorati va jamoaviy birdamlikni namoyish etishmoqda.

E’tiborlisi, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu bellashuvlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev ham ishtirok etdi va maydonga tushdi. Boshqaruv raisi ishdagi unumdorlikni oshirishda jismoniy faollikning o‘rni muhimligini qayd etdi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …