Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Buxoroda zamonaviy trigeneratsiya issiqlik markazi barpo etilmoqda
Yangilik 02.07.2026

Buxoroda zamonaviy trigeneratsiya issiqlik markazi barpo etilmoqda

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Buxoro viloyatiga qilgan xizmat safari davomida shaharda qurilishi boshlangan trigeneratsiya loyihasining borishi haqida mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

Aytish kerakki, zamonaviy trigeneratsiya issiqlik markazi energetika va kommunal sohada muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.  

Loyihaning dastlabki qiymati 9,07 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu markaz bir vaqtning o‘zida uchta muhim resurs - 20 Gkal issiqlik energiyasi, 5,2 MVt sovutish quvvati va 8,6 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Loyiha doirasida 2 ta zamonaviy isitish qozoni o‘rnatiladi, 3 km uzunlikdagi yangi issiqlik tarmog‘i tortiladi, 5 ta yirik issiqlik ishlab chiqarish punkti (IIP) barpo etiladi. Shuningdek, muvaffaqiyatli va xavfsiz boshqaruvni ta’minlash maqsadida zamonaviy SCADA tizimi joriy etiladi.  

Ushbu loyiha shahar tarkibidagi Hilton va Marriott mehmonxonalari, Kongress xoll, Planetarium, yopiq akvapark hamda "Etnik shaharcha" kabi yirik ijtimoiy va turizm obyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil