Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev Xitoy sanoat energiyasini tejash va yashil energiya ishlab chiqarish uyushmasi vakillarini qabul qildi

Asosiy e’tibor yurtimizda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishga qaratildi.

Uchrashuvda Xitoy sanoat energiyasini tejash va yashil energiya ishlab chiqarish uyushmasi vakillari tomonidan Andijon viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, biomassa qozonxonalari, quyosh issiqligi, issiqlik nasoslari hamda tabiiy gaz chiqindi issiqligidan samarali foydalanishga doir takliflar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Xitoy tomonidan taqdim etilgan texnik, investitsion va tijoriy takliflarni batafsil o‘rganish, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilish hamda istiqbolda qo‘shma pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …