Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

"Issiqlikta’minoti" AJ hamda “Saudi Tabreed” kompaniyasi o‘rtasida Buxoro shahrida markazlashgan energiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirish to‘g‘risida Bitim imzolandi

Ushbu loyiha asosida Buxoro shahrida iste’molchilarni bir vaqtning o‘zida sovutish, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan yangi trigeneratsiya majmuasini barpo etishni ko‘zda tutadi.
ㅤ
⏺Sovutish quvvati — 5,2 MVt
⏺Issiqlik quvvati — 15 MVt
⏺Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati — 8,6 MVt
ㅤ
Loyiha davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmi asosida amalga oshirilayotgan eng birinchi trigeneratsiya loyihasi hisoblanadi. Shuningdek, markazlashgan sovutish tizimini yaratish bo‘yicha dastlabki tashabbuslardan biri bo‘ladi.
ㅤ
“Biz Buxoroda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida “Issiqlikta’minoti“ AJ bilan ushbu muhim qadamni qo‘yganimizdan mamnunmiz. Bu qadam O‘zbekistonning barqaror shahar infratuzilmasiga oid uzoq muddatli strategiyasiga bo‘lgan ishonchimizni ifodalaydi. Biz o‘z tajribamizga tayangan holda, shaharlar va aholi ehtiyojlariga mos keluvchi samarali va ishonchli yechimlarni taqdim etishni maqsad qilganmiz”, - dedi “Saudi Tabreed” boshqaruvchi direktori, muhandis Sulaymon Al-Xlivi. Tomonlar Buxoro shahridagi energetika infratuzilmasini yangilash ustida faol ish olib borishni va kelgusida Buxoroda poydevori qo‘yilayotgan ushbu zamonaviy tajribani O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishni rejalashtirmoqdalar.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …