Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Qirguli mavzesi issiqlik tizimi Fransiya ko‘magida modernizatsiya qilinadi

Bugun, shuningdek, Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida sohani rivojlantirish va o‘zaro moliyaviy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv issiqlik ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tizimning energiya samaradorligini oshirish va sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.

Hamkorlik doirasida Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesi issiqlik tizimini modernizatsiya qilish potensial loyiha sifatida tanlab olingan. Unga ko‘ra, 76 km issiqlik tarmog‘i qayta tiklanadi hamda ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha binolariga 380 ta individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatish rejalashtirilgan.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suvni uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash, yo‘qotishlarini kamaytirish va hududda “yashil” energiya yechimlarini joriy etishdan iborat.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …