Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

O‘zbekiston markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlariga “yashil” texnologiyalar joriy etiladi

Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida "Issiqlikta’minoti" AJ hamda Bolgariyaning qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri “PV CONSULT-TS” o‘rtasida markaziy issiqlik tizimlarini modernizatsiya qilish va “yashil” energetikani rivojlantirish sohasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra Buxoro shahrida umumiy qiymati 10 million AQSH dollariga teng yirik pilot loyiha amalga oshiriladi. Shahardagi 3 ta yirik ijtimoiy obyektda  o‘rnatiladigan issiqlik nasoslari tizimini elektr energiyasi bilan qisman ta’minlash uchun umumiy quvvati 8 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi. Mazkur pilot loyiha ko‘zlangan natijalarni bersa respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirish ko‘zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …