Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Korrupsiyaga qo‘l urmang!

"Issiqlikta’minoti" AJ tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda korrupsiyaning oldini olish va oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilayapti. Ana shunday tadbirlardan biri Andijon viloyat “Issiqlik ta’minoti” MCHJ xodimlari uchun tashkil qilindi. Uchrashuvda issiqlik ta’minoti sohasida korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan “nuqta”lar atroflicha tahlil qilindi. Mamlakatimizda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilayotgani, uni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi, mazkur reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan ko‘plab cheklovlar belgilanayotgani borasida ma’lumotlar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …