Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi va markazlashgan issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil qilindi

Sayyor qabulni “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov videokonferensaloqa orqali o‘tkazdi. Bu tizim Toshkent va Nukus shaharlarini virtual tarzda bog‘lab, qoraqalpog‘istonlik hamyurtlarimizning murojaatlarini real vaqt rejimida, bevosita rahbariyat darajasida ko‘rib chiqish imkoniyatini berdi. Asosiy e’tibor issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini yaxshilash, tizimni modernizatsiya qilish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savol va takliflarga qaratildi. Sherzod Sultonov sayyor qabul davomida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, issiqlik tizimidagi har bir muammoni tizimli ravishda bartaraf etish va iste’molchilar madaniyatini yuksaltirish bosh vazifa ekanligini alohida ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …