Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Issiqlik ta’minoti” AJ boshqarma boshlig‘i U.O‘ktamov Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj jarayonlari bilan bevosita tanishdi
Yangilik 09.06.2026

Xususan, Buxoro shahrining Gulchorbog‘ mahallasi hududidagi yangi ma’muriy markazni issiqlik energiyasi bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgan loyihani ko‘zdan kechirdi. Bu yerda trigeneratsiya texnologiyasiga asoslangan 32 MVt quvvatga ega modulli qozonxona o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u orqali 29 ta ko‘p qavatli uy va 23 ta ijtimoiy soha obyekti issiqlik va sovutish tizimi bilan ta’minlanadi. Hozirda 3,27 km issiqlik tarmog‘i hamda 3,1 km sovutish tizimi tarmog‘i tortilmoqda. Bugungi kunda shaharning Turki Jandiy mahallasi hududidagi ko‘p kvartirali uylarni Buxoro shahridagi «RK-1» va «RK-2» qozonxonalari tarmog‘iga ulash ishlari ham ketmoqda. Loyiha doirasida 3,06 km issiqlik tarmog‘i tortilishi hamda 4 ta 5 MVtli (jami 20,0 MVt quvvatga teng) qozon o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu tizim hududdagi 42 ta ko‘p qavatli uy va 22 ta ijtimoiy soha obyektiga sifatli issiqlik quvvati yetkazib berishga xizmat qiladi. Tanishuv jarayonida qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish, belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilish hamda kuz-qish mavsumiga qadar obyektlarni to‘liq tayyor holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil