Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 1,3 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratilgani qayd etildi

Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi. Ushbu grant hisobidan Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlari modernizatsiya qilinadi. Uchrashuvda loyihaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, texnik va moliyaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, issiqlik ta’minoti sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini xalqaro tajriba asosida oshirishga qaratilgan grant loyihasi bo‘yicha ham mulohazalar bildirildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …