Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda asoisy e’tibor, “Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarida energiya samaradorlikni oshirish loyihasi” (DHEEP)ning joriy holati va istiqboldagi vazifalarga qaratildi. Loyiha qamrab olgan hududlar, Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi ijrosi muhokama qilinib, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yakuniy baholash hisoboti bilan bog‘liq keyingi qadamlar belgilab olindi.

Xususan, shartnomalar ijrosi, mablag‘larni o‘zlashtirish prognozlari hamda qo‘shimcha ish hajmi, bino va xonadon ichki tizimlarini yangilash bo‘yicha ishlarning borishi, shartnomalarni imzolash, maxsus hisobvaraqlarni ochish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, loyiha hududiga kirgan xonadon egalari o‘rtasida xabardorlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Tomonlar uchrashuv yakuni bilan hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib olishdi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …