Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

"Issiqlikta’minoti" AJ vakillari Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

"Issiqlikta’minoti" AJ hamda Koreya markazlashgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikdagi Bilim almashish dasturi (KSP) doirasida "Issiqlikta’minoti" AJning markaziy apparati hamda hududiy korxonalar mutasaddi xodimlari Koreya Respublikasida amaliy va nazariy o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.Tashrif doirasida Koreya markazlashgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasida KSP 3-bosqich loyihasining oraliq hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda loyihaning istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. Unda KSP loyihasining umumiy tavsifi bilan bir qatorda, biomassa asosidagi kogeneratsiya stansiyasi hamda mustaqil energiya tizimi loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari tahlil qilindi.Shuningdek, delegatsiya a’zolari ishlab chiqarish korxonalariga borib jarayonlar bilan bevosita tanishmoqda.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …