Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Shu kunlarda Respublika ishchi guruhi hududlarda bo‘lib, markazlashgan issiqlik ta’minoti hamda ichki tizimlarni o‘rganib chiqdi
Yangilik 07.05.2026

Shu kunlarda Respublika ishchi guruhi hududlarda bo‘lib, markazlashgan issiqlik ta’minoti hamda ichki tizimlarni o‘rganib chiqdi

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda markazlashgan issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida energiya samarador qozonxonalar, zamonaviy quvurlar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilyapti. Biroq ichki tizimlarning talab darajasida emasligi, uylarning issiqlik izolyatsiyasi yetarli emasligi va boshqaruvdagi muammolar loyihalar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda mavjud issiqlik tizimlari quvvatidan kelib chiqib, markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulash imkoniyati bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uylar va ma’muriy binolar ham mavjud. Ammo ayrim hududlarda ichki tarmoqlarning tayyor emasligi, moliyaviy masalalar va texnik shartlar bilan bog‘liq muammolar ulash ishlarini sekinlashtirmoqda.

Ushbu ishchi guruhining o‘rganishlari esa muammoli masalalarga aniq yechim topish imkonini beradi.

Xususan, ular tomonidan qozonxonalar va tarmoqlar holati, qozonxonalar qamrov darajasi, ichki tizim holati, mavjud quvvatdan kelib chiqib, markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulash imkoniyati bo‘lgan obyektlarni tarmoqqa ulashdagi muammolar chuqur o‘rganilib, takliflar shakllantiriladi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil