Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Nukusda 50 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshiriladi

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonining “Saudi Tabreed” kompaniyasi bilan Nukus shahrida kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Nukus shahrida amalga oshadigan loyihaning o‘zi qariyb 50 mln AQSH dollarini tashkil qiladi. Shundan birinchi bosqichda 20,3 mln AQSH dollari jalb etiladi. Hozirgi kunda loyihani amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Endigi navbat qurilishga start berish.

Bugun “Issiqlikta’mnoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Nukusda bo‘lib, qurilish joyini bevosita ko‘zdan kechirib qurilish, energetika sohasi mas’ullari bilan muhokamalar o‘tkazdi.

Birinchi bosqichning o‘zida Nukusdagi 136 ta ko‘p kvartirali uyyoki 5720 ta xonadon, 40 ta ijtimoiy soha obyekti markazlashgan issiqlik bilan ta’minlanadi. Undan tashqari, 21,5 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …