Yangiliklarga qaytish

Yangilik ·

Anjumanda isitish mavsumi yakunlari hamda tizimni modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda tizimda 560 ta qozonxona va 4 ming kilometrdan ortiq issiqlik tarmoqlari faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 3,9 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 11,4 mln Gkalga yetkazish rejalashtirilgan.
ㅤ
Shuningdek, tizimdagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida markaziy dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 124 ta qozon, 113,1 km issiqlik tarmoqlari hamda 91 ta yordamchi uskunani ta’mirlash bo‘yicha dastlabki reja shakllantirilgan.
ㅤ
Xalqaro hamkorlik doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nukus shahrida kogeneratsiya va Buxoro shahrida trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlarida sun’iy intellekt asosida issiqlik energiyasini boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
ㅤ
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida energiya samaradorligi oshib, atmosfera chiqindilari sezilarli darajada kamaygan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Yuldashev Xitoy Xalq Respublikasining "China International Marine Containers (Group) Co., Ltd." (CIMC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. …

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot bankining …

Konimexda 1000 tup daraxt ko‘chati ekildi

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan jamiyatning …