Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Buxoroda zamonaviy trigeneratsiya texnologiyasi asosida yangi issiqlik tizimi barpo etilmoqda
Yangilik 13.04.2026

Buxoroda zamonaviy trigeneratsiya texnologiyasi asosida yangi issiqlik tizimi barpo etilmoqda

Buxoro viloyatining yangi ma’muriy markazi va unga yondosh hududlardagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida yirik loyiha ustida ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Ayni paytda obyektda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Qozonxona qurilishi: Umumiy quvvati 32 MVt bo‘lgan zamonaviy trigeneratsiya qozonxonasi binosida temir konstruksiyalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Issiqlik tarmoqlari: Rejadagi 3400 metrlik tarmoqning 3350 metri (98%) to‘liq montaj qilindi.

Muhandislik inshootlari: Loyiha doirasidagi 16 ta issiqlik kamerasidan 13 tasi qurib bitkazildi.

Hozirda obyektda malakali ishchi-xodimlar hamda maxsus texnikalar yordamida qurilish-montaj jarayonlari uzluksiz davom etmoqda. Yangi tizim ishga tushirilishi natijasida hududdagi aholi xonadonlari va obyektlar barqaror issiqlik, elektr energiyasi va sovitish xizmatlari bilan ta’minlanadi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil